Хелпикс

Главная

Контакты

Случайная статья





Is gazidan ehtiyot bo‘ling!



Is gazidan ehtiyot bo‘ling!

Hurmatli fuqarolar Asaka tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi sizni ogohlikka chaqiradi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish davrida is gazidan zaxarlanishni oldini olish maqsadida quyidagi tushuncha va tavsiyalarini beradi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada so‘ngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘lgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq. Ma’lumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida xosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir xolatlarda esa - anoksiyaga olib kelishi Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda

Fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;

Nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;

Isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;

Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;

Xavo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;

Xavoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa) larni chala yonishi natijasida is gazi xosil bo‘ladi.

Sizdan yuqoridagi sabablarni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasligingizni va is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘lishingizni so’rab qolamiz.

 

 

Asaka tumani FVB P va NB

inspektori leytenant I.O’.Hakimjonov



  

© helpiks.su При использовании или копировании материалов прямая ссылка на сайт обязательна.